Eron parlamenti raisining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Husayn Amir Abdullahiyan prezident Donald Trampning AQSh hududiga fuqarolari kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga terrorizmni qo‘llayotgan davlatlar kiritilmaganini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘ylashimcha, Tramp AQShga biror mamlakat fuqarolarining kirishini taqiqlashni xohlasa, 11-sentabr voqealarida ishtirok etgan davlatlar fuqarolarining kirishini taqiqlashi kerak edi. Biroq janob Trampning ro‘yxati terrorizmni qo‘llayotgan hamda “Al-Qoida” va IShIDni tashkil etgan davlatlarni o‘z ichiga olmagan.Abdullahiyan AQShga kirish Saudiya Arabistoni fuqarolariga ham taqiqlanishi lozimligini qayd etdi.Husayn Amir Abdullahiyan
Saudiya Arabistoni so‘nggi yillarda mintaqada terrorizm rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shgan davlatlardan biridir. Saudiya Arabistoni va, ayniqsa, uning hozirgi rahbarlari adolatsizlikka chidab kelayotgan Yaman xalqiga nisbatan tajovuz va urush siyosatini yuritdi, Bahraynga harbiy hujum uyushtirdi, Suriyadagi terrorizmni qo‘llab-quvvatladi.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.Husayn Amir Abdullahiyan
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)