Bir necha yil avval ko‘pchilik Xiaomi, Meizu va Huawei telefonlari haqida eshitmagan. Hozirda esa ushbu Xitoy brendlari premium-segmentda ham katta shuhrat qozonmoqda. Balki biznes toifadagi mashhur sedanlarga raqobat qila oladigan Xitoy mashinalariga navbat kelgandir?
“Motor” nashri mashhur sedanlarning Xitoy muqobillari haqida ma’lumot berdi va ularning suratlarini taqdim qildi.
Geely Emgrand GT
Ushbu avtomobil ko‘rinishini avval Volvo kompaniyasi uchun ishlagan Piter Xorberi chizgan. Shuning uchun Emgrand GT modelining Volvo’ga o‘xshashi hayratlanarli emas.Emgrand 245 ot kuchiga teng olti silindrli V-simon motor bilan jihozlangan. Mashina 7,6 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olishga qodir.
Dongfeng A9
A9 katta sedani – Dongfeng va PSA Peugeot Citroen konserni hamkorligida yaratilgan mashina. Aniqrog‘i, u Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan yangi Citroen C6 ning ukasi.Avtomobil 204 ot kuchiga teng 1,8 litrli turbomotorga ega. A9 modeli 6 pog‘onali avtomat tezlikka solish qutisi bilan jihozlangan.
Zotye Z700
Zotye Z700 avtomobili – BMW 5-Series va Audi A6 ga xitoycha javob. Mashina komplektatsiyasiga panoramali tom ham kiritilgan.Z700 kapoti ostida 177 ot kuchiga teng to‘rt silindrli motor bor. Mijozning istagiga qarab, 5 pog‘onali mexanika yoki 6 pog‘onali avtomat tezlikka solish qutisi o‘rnatilishi mumkin.
Hawtai B21
Hawtai B21 – asta-sekin yo‘qolib borayotgan “xitoycha qorishma”. Mashina bir vaqtning o‘zida Audi A6, Bentley Continental GT va BMW E60 bo‘lishni istaydi.Avtomobil Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi motori bilan jihozlangan. U 136 ot kuchiga ega. Mashinaning maksimal tezligi soatiga atigi 178 kilometrni tashkil etadi.
Changan Raeton
Changan kompaniyasi mashinalarining tashqi ko‘rinishi ustida ish olib borish uchun italiyalik dizaynerlarni taklif qiladi. Shuning uchun Raeton’ning dizayni ortiqcha savollar tug‘dirmaydi.Avtomobil hajmi 1,8 litrga teng to‘rt silindrli dvigatelga ega. Uning quvvati 163 ot kuchiga teng.
Geely Emgrand EC8
Bir necha yil avval EC8 Xitoyda ishlab chiqarilgan eng xavfsiz mashina maqomiga ega edi. Mazkur model 2010-yildan buyon ishlab chiqariladi.EC8 uchun ikki turdagi – 2,0 va 2,4 litrli har biri mos ravishda 140 va 160 ot kuchiga ega dvigatel ishlab chiqarilgan. Mashinaning kuchliroq varianti 6 pog‘onali avtomat tezlikka solish qutisi bilan jihozlangan.
Lifan 820
Lifan 820 Toyota Camry’ning muqobili sanaladi. Mashinaning g‘ildiraklari asosi ham bir xil – 2775 millimetr.820 modeli ikki variant – har biri tegishli ravishda 133 va 160 ot kuchiga teng 1,8 va 2,4 litrli dvigatellarda taqdim etiladi.
BYD G6
BYD G6 – F6 sedanining yangilangan versiyasi. Mashina 3 xil dvigatelda taqdim etiladi. Biri 140 ot kuchiga, ikkinchisi 160 ot kuchiga ega bo‘lsa, uchinchisi esa 1,5 litrli turbomotorga ega.G6 modeli uchinchi dvigateli bilan 9,9 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olishga qodir.
Trumpchi GA8
GA8 modeli Mercedes E Class qiyofasi asosida ishlangan. Mashina uzunligi 5,03 metrni tashkil etadi. Salon ichida axborot-ko‘ngilochar tizimli 10 dyuymga teng ekran, tabiiy charm bilan o‘ralgan o‘rindiqlar va haqiqiy daraxtdan ishlangan jihozlarni uchratish mumkin.Kapot ostida 197 ot kuchiga teng to‘rt silindrli motor mavjud. Mazkur sedanning platformasi Alfa Romeo 166 asosida ishlangan.
Qoros 3 Sedan
Euro NCAP’da beshta yulduz ishlab olgan Qoros 3 sedani Xitoyda ishlab chiqarilgan eng yaxshi avtomobillardan biri. Mazkur model ustida Yevropaning eng yaxshi rassom va muhandislari ishlagan.Qoros 1,6 litrli motorga ega. Uning quvvati turlicha: 126 va 156 ot kuchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)