Turizm va sayohatlar bo‘yicha butunjahon kengashi o‘z bayonotida Donald Trampning yetti mamlakat fuqarolarining 90 kunga AQShga kirishini man etish bilan bog‘liq farmoni “erkin harakat huquqiga fundamental ravishda zid kelishi”ni qayd etdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Kengash biznes va boshqa sayyohlarga xavfsizlik tug‘dirmasa, har kim xalqaro chegaralarni kesib o‘tish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
Eron, Iroq, Liviya, Sudan, Somali, Suriya va Yaman sayyohlariga qo‘yilgan taqiq ushbu tamoyilga zid keladi. Turistik sayohatlarni amalga oshirishning faqat fuqarolik asosida cheklanishi noto‘g‘ri.Hujjatda, shuningdek, “agar Tramp ma’muriyati chora-tadbirlari mamlakatga xorijlik terrorchilar va jinoyatchilar kirishining oldini olishga qaratilgan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda AQShdagi teraktlarning aksariyat qismi mahalliy radikal aholi tomonidan amalga oshirilganini yodga olish zarurligi” ta’kidlangan.Turizm va sayohatlar bo‘yicha butunjahon kengashi bayonoti
“Begonalar”ga AQSh hududiga kirishni qonuniy biznes yuritish yoki dam olish uchun taqiqlash Amerika iqtisodiyoti zarariga xizmat qiladi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Turizm va sayohatlar bo‘yicha butunjahon kengashi bayonoti
Izoh (0)