“Suriya demokratik kuchlari” qurolli muxolifati AQSh boshchilik qilayotgan terrorizmga qarshi koalitsiya Suriyadagi ittifoqchilariga berayotgan ko‘magini oshirganini va ilk bor ularga zirhli texnika yetkaza boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Suriya demokratik kuchlari” vakili bunday qurol kam miqdorda berilishiga qaramay, bu yangi yordam belgisi ekanligini qayd etdi.
“Biz shu kunga qadar bunday ko‘rinishga ega yordam qabul qilmagan edik, bizga yengil qurol va o‘q-dorilar yetkazib berilardi. Bu AQSh yangi rahbariyatining berayotgan to‘liq yordamining avvalgiga nisbatan ko‘proq ko‘maklashayotganligining belgisidir”, – dedi vakil.
Avvalroq Tramp Suriyaning o‘zida urush olib borilayotgan hududdan kelgan qochoqlar uchun xavfsizlik zonalarini tashkil etish niyati borligini ma’lum qilgan edi. AQSh prezidenti shu tariqa mamlakatga kelayotgan migrantlar soni ko‘payib ketishining oldini olishga urinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)