O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida boshlangan tadbirlar doirasida umumta’lim maktablarida Adabiyot oyligi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Buyuk ajdodlarni yod etib...” mavzuida adabiyot, she’riyat bayramlari, mushoiralar o‘tkazilmoqda.
Yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat va adabiyot fidoyilari ishtirokidagi ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati yoshlarga tushuntirilmoqda.
“‘Navoiy va Bobur ijodini o‘rganamiz’ mavzuidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi yosh avlodning bilim va saviyasi, tafakkurini yanada kengaytirish va boyitishda alohida ahamiyat kasb etmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)