O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan A.Zamonov va A.Mirkamilov mualliflidagi “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (100 savolga 100 javob) qo‘llanmasi chop etildi. Bu haqda “Daryo”ga markaz mutasaddilari ma’lum qildi.
Mazkur qo‘llanma tayyorlanishida mustaqillik davri bo‘yicha mavjud adabiyotlar, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalari, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, OAV ma’lumotlaridan keng foydalanildi.
Qo‘llanma ilmiy darajaga talabgorlar va mustaqillik davri tarixiga qiziquvchi kitobxonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkonini beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)