Amerikaning Microsoft korporatsiyasi Vashington shtati bosh prokuraturasi sudga kiritmoqchi bo‘lgan da’voni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda 30-yanvar, dushanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Da’vo AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya nazoratini kuchaytirish haqidagi farmonlarini bekor qilishga qaratilgan.
Kompaniya shtat prokuraturasi bilan hamkorlik qilishini va mazkur maqsadlarda guvoh tariqasida ko‘rsatma berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Microsoft vakillari, shuningdek, prezidentning aynan migratsiya bo‘yicha farmonlari korporatsiya va uning xodimlariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi haqidagi barcha ma’lumotni shtat rasmiylariga yetkazganligini ta’kidladi.
Avvalroq Vashington shtati bosh prokurori Bob Fergyuson Sietl federal sudiga Trampning migratsiya rejimini keskinlashtirish haqidagi farmonlari ijro etilishiga sud taqiqiga erishish maqsadida da’vo kiritmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)