Agar Marsda shu vaqtgacha hayot bo‘lmagan bo‘lsa, endi paydo bo‘lishi mumkin. Yerdagi ba’zi mikroblar Marsdagi og‘ir shart-sharoitlarda ham yashab, ko‘payishi mumkinligi tajribalar davomida tasdiqlandi, deya xabar bermoqda TJournal.
Rebekka Mikol va Timoti Krol tajriba davomida mikroblarning to‘rt turi — Methanothermobacter wolfeii, Methanosarcina barkeri, Methanobacterium formicicum va Methanococcus maripaludis’ni sinab ko‘rdi.
Bu mikroblarning bari Yerda yashayotgan eng qadimgi oddiy mavjudotlardan biriga mansub bo‘lib, ularning bari kisloroddan “qo‘rquvchi” metanogenlardir. Avvalgi tajribalar bu mikroblarning Marsdagi bilan bir xil qilib yaratilgan shart-sharoitlarda yashay olish qobiliyatini ko‘rsatgan edi.
Bu safar mikroblar uchun Qizil sayyora sharoitlari suyuqlik gruntini tashkil qiluvchilarning oqimi, tarkibi, miqdori haqidagi zamonaviy ma’lumotlar, shuningdek, tegishli bosim va kislorodning yo‘qligini hisobga olgan holda yaratildi.
Mikroblarning barcha to‘rt turi shunday sharoitlarda ham yashay olish imkoniyatini namoyon qildi. Ular uch hafta davomida Yerdagidan ming marta kuchsiz bosim sharoitida ham yashay olish qobiliyatini saqlab qola olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)