27-yanvar kuni kechqurun fransiyalik aktrisa Emmanuel Riva 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Aktrisaning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Emmanuel Rivaga “Xirosima, muhabbatim mening” (1959) nomli filmda o‘ynagan bosh roli mashhurlik keltirgan.
U, shuningdek, “Kapo” (1960), “Tereza Deskeyru” (1962), “Professional xatar” (1967), “Ariana” (1974), “Uch rang: Havorang” (1993), “‘Venera’ go‘zallik saloni” (1998), “Inson va uning iti” (2008) singari kinolentalarda rol ijro etgan.
Aktrisa “Muhabbat” nomli filmdagi ishtiroki uchun “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, aktrisa ushbu film tufayli “Sezar” hamda Britaniyaning kino va television san’ati akademiyasi (BAFTA) mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)