Aholisi asosan musulmonlar bo‘lgan yetti mamlakat — Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yamanning Green Card sohibi bo‘lgan va AQShga maxsus hujjatlarsiz kirishi taqiqlangan fuqarolariga Donald Trampning kuchaytirilgan migratsiya siyosati daxl qiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Trampning farmoni Green Card egalarining kirishini taqiqlaydi”, — dedi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi vakili Jillian Kristensen.
Avvalroq Qatar Airways aviakompaniyasi Donald Trampning migratsiya sanksiyasi ro‘yxatiga kiritilgan yetti islom mamlakatining AQShga yo‘l olgan fuqarolari o‘zlari bilan Green Card yoki diplomatik vizani olishlari lozimligi haqida ogohlantirishni boshlagan edi.
Etika bo‘yicha amerikalik ekspertlarning qayd etishicha, AQSh prezidentining migratsiya bo‘yicha farmoni Trampning hech qanday biznes loyihalari bo‘lmagan islom mamlakatlariga nisbatan qo‘llanilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.