London markazida bir guruh uysizlar rossiyalik milliarderga tegishli dang‘illama uyga joylashib oldi. Bu haqda 27-yanvar, juma kuni Daily Mail gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, bino antifashist harakati faollari tomonidan egallab olingan. Ular uyning kirish qismiga “AQSh aksilhukumati quvg‘inda” yozuvi tushirilgan bannerni ilib qo‘ygan.
Ularning uyga joylashganligiga kamida uch kun bo‘lganligi xabar qilindi. London markazida noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy egallab olingan uy 2014-yilda rossiyalik milliarder Andrey Goncharenko tomonidan sotib olingan. Uy xarid qilingandan buyon unda hech kim yashamaganligi taxmin qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)