AQSh prezidenti Donald Tramp jinoyatchilikning yuqori darajasi kuzatilayotgan Amerikaning Chikago shahridagi (Illinoys shtati) vaziyatni Afg‘onistonda yuz berayotgan hodisalar bilan qiyoslash mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda Oq uyning yangi egasi ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bu xunrezlik, bu dahshatli qirg‘in. Chikagoda yuz berayotgan hodisalarni Afg‘oniston bilan ham taqqoslab bo‘lmaydi. Bu yerda ham u yerda ham odamlarga qarata o‘q uzishmoqda.Tramp shahardagi vaziyatni yaxshilash uchun federal hukumatni jalb etishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.Donald Tramp, AQSh prezidenti
AQSh OAVlari Amerikaning boshqa shaharlariga qaraganda Chikagoda jinoyatchilik darajasi yuqori ekanligini ta’kidlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)