Besh kun avval Oq uyga ko‘chib o‘tgan AQSh prezidenti Donald Trampga u yerda eng ko‘p yotoqxona va telefonlar yoqib tushdi. Bu haqda u The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“U yerdagi telefonlar men dunyoda ko‘rgan eng chiroylilaridir. Dunyodagi eng xavfsiz tizim”, — deya ta’rifladi u hukumat aloqasining telefon qurilmalarini. Shu bilan birga, u o‘zining eski hamda yaxshi himoyalanmagan Android-telefonidan foydalanishini, maslahatchilarining noroziliklariga qaramay, u orqali Twitter’da yozishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Tramp o‘z kun tartibi haqida gapirib berdi: u 6:00 gacha uyg‘onadi, keyin dastlab shaxsiy xonasida, so‘ng yemakxonada teleyangiliklarni ko‘radi, parallel ravishda esa matbuotni o‘qiydi.
Taxminan 9:00 da AQSh prezidenti o‘z yordamchilari bilan suhbatlashadi. Kechqurunlari ko‘pincha o‘z vaqtini televizor qarshisida o‘tkazadi.
Izoh (0)