25-yanvarga o‘tar kechasi milliarder Eduard de Rotshildning Parijdan sharqroqdagi Sena va Marna departamentida joylashgan uyi tunab ketildi. Bu haqda, Europe 1 radiostansiyasi axborotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Notanish shaxslar katta uyga kirib, u yerdan ko‘plab qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan”, — deyiladi radiostansiya xabarida. O‘g‘irlangan buyumlarning aniq narxi haqida ma’lumot berilmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Eduard de Rotshild Rothschild & Cie. bankining kuzatuv kengashiga rahbarlik qiladi. U, shuningdek, Parijning yirik Liberation gazetasi rahbarlaridan biri hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)