Argentinalik hujumchi Lionel Messini olib qolish uchun Kataloniyaning “Barselona” klubi 40 million yevrolik yillik maosh taklif qilgan. Bu haqda “Chempionat” Ispaniyaning OK Diario nashriga asoslanib xabar berdi.
Avvalroq “Barselona” Messini jahonda eng katta maosh oladigan futbolchiga aylantirib, u bilan karyerasining so‘nggiga qadar bitim tuzish rejasida ekani aytilgandi. OK Diario ma’lumotida esa yangi shartnoma 2022-yilning yoziga qadar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ungacha hayot bo‘lsa, Messi 35 yoshni qarshi olgan bo‘ladi.
Lionel Messining amaldagi shartnomasi 2018-yilning yoz oyida o‘z yakuniga yetadi. Uning xizmatlari bilan bir qator Xitoy klublari, shuningdek, Manchester shahrining ikki titan klubi qiziqayotgani aytilgan.
Izoh (0)