Yaponiyaning Arida shahridagi (Vakayama prefekturasi) neftni qayta ishlash zavodida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda mahalliy yong‘inga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Rasmiylar zavod yaqinida yashovchi aholini evakuatsiya qilishga ko‘rsatma berdi. Hozirda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda.
Yong‘in sababi va buning oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)