Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Koblens (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa o‘ng harakati yetakchilari uchrashuvida kansler Angela Merkelning muhojirlarga nisbatan siyosatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Merkelning qochoqlarga Germaniyaga emin-erkin kelishga imkon beruvchi siyosati “har kunlik falokat”dir. Shuningdek, Le Pen Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish qarori “domino effekti”ga olib kelishini bildirdi.
“Biz milliy davlatlar yana sahnaga qaytishini kutyapmiz. 2017-yil Yevropa xalqlarining uyg‘onish yili bo‘ladi”, — deya ta’kidladi “Milliy front” yetakchisi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)