AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mansabga kelishi bilan birinchi galda amalga oshiradigan ishlari orasida Meksika bilan chegarada devor qurish to‘g‘risida farmon imzolash bo‘ladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Devor haqidagi farmon Tramp AQShdagi noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash yo‘lida qabul qiladigan chora-tadbirlar paketi tarkibiga kirishi mumkin. Bundan tashqari, Barak Obamaning 700 ming noqonuniy muhojirga o‘z mehnatini qonuniy asosga ko‘chirish imkonini bergan farmoni bekor qilinishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatilgan muhojirlarning darhol deportatsiya qilinishiga olib kelmasa ham, Tramp va Obama o‘rtasidagi ixtilofni yanada avj oldirishi mumkin.
Reuters ilgariroq Tramp prezidentlik maqomiga kelishi bilan birinchi navbatda Transtinch okeani hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi farmonni tayyorlashini xabar qilgan edi.
Izoh (0)