Irlandiyalik Eshli MakKeri to‘yi kuni Nokatallon shahri ibodatxonasiga qizil traktorda kelib, bolalikdagi orzusini amalga oshirdi. Bu haqda Irish Post ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Qiz fermada ulg‘ayganligi, shuning uchun to‘yga traktor haydab kelishni doim orzu qilganligini so‘zlab berdi.
Kichkinaligimdan to‘yimga traktorda kelishni orzu qilganman. Men fermer oilasidanman va sakkiz yoshimda birinchi marta traktor haydaganman.Eshlining qaylig‘i Mark qizdan qolishmaslikka qaror qildi va to‘y o‘tkaziladigan joyga do‘stlari bilan ikki yuk mashinasida yetib keldi.Eshli MakKeri
Eshli va Markning to‘yi 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Hozirgi paytda kelin-kuyov Islandiyada o‘tkazgan asal oyidan qaytganligi ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)