Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘ylardan birining yakuniy qismida olingan qiziqarli lavha e’lon qilindi.
10 soniyalik videoda mahallaning tor ko‘chasi bo‘ylab, karnay-surnay va sirena tovushlari ostida maxsus avtokran xonadon eshigiga yaqinlashib kelayotgani aks etgan.
E’tiborli tomoni, maxsus mashinaning yo‘lovchi o‘rnida kelin libosidagi qiz, rulida esa kostyum kiygan va galstuk taqqan yigit o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Video ostida fikr bildirgan foydalanuvchilardan biri, videodagi avtokran haydovchisiga qarata: “Haqiqiy kranchi!”, — deya ta’rif bergan.
Video qachon, aynan qayerda suratga olingani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.