Avstraliyalik 94 yoshli Edna Sheferd fitnesga bo‘lgan muhabbati tufayli mahalliy OAVlarda mashhurlikka erishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Keksa ayol hafta davomida o‘nta turli guruhga qatnaydi, ular orasida akvaaerobika, tay-chi va zumba bor. Sheferd haftasiga faqat bir kun fitnes mashg‘ulotlaridan ozod — payshanba kunlari u bal raqslariga qatnaydi.Sheferd istiqomat qiluvchi Xyum Siti shahri meri uni boshqa fuqarolarni ham faol va sog‘lom hayot tarziga ilhomlantiruvchi sifatida mukofotladi.
Men doim harakatdaman, bir joyda o‘tirishni yomon ko‘raman.Sheferdning hikoya qilishicha, u yoshligida sport bilan shug‘ullangan va raqs murabbiyi bo‘lib ishlagan.Edna Sheferd, nafaqadagi ayol
U kishining yoshi sportga to‘sqinlik qilmasligi va mashg‘ulotlarni tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)