AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp qasamyod marosimiga boykot e’lon qilganlar chiptalarni qaytarishi lozimligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Qasamyodga bormaydigan odamlarga kelsak, bu me’yoridagi holat, chunki bizga chiptalar juda kerak. O‘ylaymanki, ular chiptalarini qaytaradi”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
AP ma’lumotlariga qaraganda, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan 30 dan ortiq kongressmen 20-yanvarda o‘tadigan inauguratsiya marosimiga bormaslikka qaror qilgan.
Izoh (0)