Rossiya va Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriya hududida IShID guruhiga qarshi ilk qo‘shma operatsiyani boshladi. Operatsiya Aleppo viloyatida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Sergey Rudskoyning so‘zlariga qaraganda, qo‘shma operatsiyaga jalb qilingan guruhlar ayni paytda al-Bob tumanida jangarilarni o‘qqa tutmoqda. Operatsiya davomida jangarilarning 36 obyekti yo‘q qilinishi ko‘zda tutilgan.
Operatsiya Suriya tomoni bilan ham muvofiqlashtirib borilmoqda.
Amaliyotlarda Rossiyaning to‘qqizta zarbdor samolyoti ishtirok etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)