Mali hukumati mamlakat shimolida sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motav e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gao shahridagi harbiy lagerda uyushtirilgan portlash oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi. Lagerda hukumat qo‘shinlari askarlari, shuningdek, qurolli isyonchilar guruhi joylashgan edi. Ular BMT ko‘magida mamlakat shimolida tinchlikni ta’minlash maqsadida patrullash tadbirlarini o‘tkazayotgan edi.
Ayni paytda Gaodagi portlash joyiga mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullay Idris Mayga boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi yo‘l olgan.
Izoh (0)