Mali shimolidagi Gao shahrida joylashgan harbiy lagerda minalashtirilgan mashinaning portlatilishi oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ning Mali armiyasidagi manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: International Business Times

Foto: International Business Times

Voqea joyiga tez yordam mashinalari va vertolyotlar yuborildi.

Lagerda hukumat qo‘shinlari askarlari, shuningdek, qurolli isyonchilar guruhi joylashgan edi. Ular BMT ko‘magida mamlakat shimolida tinchlikni ta’minlash maqsadida patrullash tadbirlarini o‘tkazayotgan edi.