Futbol bo‘yicha Italiya kubogi nimchorak finalidan joy olgan “Inter” — “Bolonya” o‘yini o‘z yakuniga yetdi va Milan klubi bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Bellashuvning birinchi bo‘limida “Inter”ning Kolumbiya va argentinalik futbolchilari 1 tadan gol urib, jamoa muxlislarini ancha xotirjam qilgandi. Bo‘lim yakunida esa shveysariyalik Blerim Jemayli hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi 45 daqiqalikda muxlislar faqatgina 1 ta gol ko‘rdi va u “Inter” darvozasiga kiritildi. Afrika millatlar kubogidan chetda qolib ketgan ganalik Donsa muvozanatni tiklashga erishdi.
Asosiy taymlarda g‘olibni aniqlab bo‘lmagach, hakam 15 daqiqadan ikkita qo‘shimcha taym belgiladi. 98-daqiqaga kelibgina Italiya kubogi bellashuvida va nihoyat italiyalik futbolchi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi hamda “Inter”ni chorak finalga olib chiqdi.
Bunga qadar “Napoli”, “Yuventus”, “Fiorentina”, “Milan” kabi klublar chorak final malasini ijobiy hal qila olgandi.
Italiya kubogi 1/8 final 17-yanvar, seshanba
“Inter” — “Bolonya” 3:2
Gollar: Jeyson Murilyo, 34 (1:0). Rodrigo Palasio, 39 (2:0). Blerim Jemayli, 43 (2:1). Godfred Donsa, 73 (2:2). Antonio Kandreva, 98 (3:2).Nimchorak final doirasida yana 3 ta o‘yin qoldi: “Latsio” — “Jenoa”, “Roma” — “Sampdoriya” va “Sassuolo” — “Chezena”. Reglamentga ko‘ra, bu bosqichdagi o‘yinlar faqatgina mezbon jamoa maydonida bo‘lib o‘tadi.
Chorak finalning hozirga qadar ikkita juftligi aniq bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra, “Napoli” “Fioretina” bilan, “Milan” esa “Yuventus” bilan hisob-kitob qiladi. Milanning boshqa bir klubi “Inter” esa “Latsio” — “Jenoa” o‘yini g‘olibi bilan bellashadi.
Izoh (0)