Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yangi charm kurtkani, charm hamyonni hidlaganingizda yoki yangi duxoba ko‘ylak kiyganingizda, sevimli hidlarni atir shishasida ko‘rishni hech o‘ylamaganmisiz? 2015-yilda YSL parfyumeriya uyi “kiyim-kechak” hidlar kolleksiyasi bilan to‘ldirildi. Endi esa Le Vestiaire Des Parfums yana uch matoni madh etuvchi yangi xushbo‘y hidlarni taqdim qildi.

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Asosiy yangilik – charm hidli yangi Cuir ifori. Uning muallifi – parfyumer Ilias Ermenidis. Tarkibining asosiy qismi rom, tamaki va dag‘al charmdan iborat. Shuningdek, qora choy va zanjabil (imbir)ning sehrlovchi hidlari ham qo‘shilib ajoyib kompozitsiya yaratilgan.

Ikkinchi yangilik vinilga bag‘ishlangan. Parfyumer Jyulett Karageuzoglu yaratgan bu yangi iforni xushbo‘y qalampir, bergamot, anis olmasi va bo‘znoch o‘simligining muattar hidlari tashkil qiladi.

Velours duxobaga bag‘ishlab yaratilgan. Muallif Karlos Benaim tomonidan yaratilgan bu ifor tarkibi qora choy, ladan, yasmin va gulsafsarning xushbo‘y hidlaridan tashkil topgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi