Uy sharoitida o‘rab qo‘yish usuli terini taranglashtirishga va sellyulit paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beruvchi eng samarali usullardan biri hisoblanadi.
O‘rab qo‘yish usuli vositasi sifatida gil, kakao, shokolad, davolovchi loy, dengiz o‘tlari, asal, qizil qalampir, xantal, efir yog‘lari va boshqa tarkibiy qismlardan foydalaniladi.
O‘rab qo‘yish usuli uchun kechki payt eng qulay hisoblanadi.
O‘rashni to‘g‘ri bajarish uchun kerak bo‘ladigan – choyshab, issiq ko‘rpa, termoplyonka, elastik bintlar va teriga suriladigan aralashma oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Aralashmani sotib olish ham mumkin.
Aralashmani badanga surib termoplyonkaga o‘raladi va 10—30 daqiqa davomida issiq ko‘rpa yopib qo‘yiladi.
O‘rab qo‘yishning ikkinchi turi ho‘l o‘rash deyiladi. Badan oldin o‘rashga tayyorlanadi, keyin dengiz tuzi va efir yog‘ining iliq eritmasiga botirilgan choyshabni sal siqib badanga o‘rab qo‘yiladi. 40 daqiqa davomida issiq ko‘rpa yopib qo‘yiladi.
Izoh (0)