AQSh Kongressining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi prezident saylovidan oldingi kampaniya chog‘ida amalga oshirilgan xakerlik hujumlari yuzasidan o‘z taftishlarini o‘tkazadi. Bu haqda qo‘mita raisi — respublikachi Richard Burr hamda uning o‘rinbosari — demokrat Mark Uornerning bayonotida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Yanvar boshida AQSh milliy razvedkasi direktori Jeyms Klepper ofisi tomonidan tarqatilgan hisobotda kiberhujumlar prezident saylovi natijalariga ta’sir o‘tkazgani haqidagi xulosalar berilgan edi. Qo‘mita ushbu xulosalarni tekshiruvdan o‘tkazadi, deb tushuntiriladi bayonotda.
Aniqlashtirilishicha, qo‘mita a’zolari birinchi navbatda maxsus xizmatlarning manbalarini tekshiradi. Bundan tashqari, ular saylovoldi kampaniyalarini o‘tkazgan shaxslarning Rossiya bilan aloqalari bor-yo‘qligini aniqlashga urinib ko‘radi.
Izoh (0)