Manchester universiteti kimyogarlari 20 nanometrli dunyodagi eng chigal tugunni bog‘lay oldi, bunda 192 atom temir, azot, kislorod, uglerod va xlordan iborat uchtalik atom ipidan foydalanildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz o‘z-o‘zini terish texnologiyasidan foydalangan holda molekulalarni tugun qilib bog‘ladik, so‘ng iplarning bo‘sh uchlarini katalizator yordamida bir-biriga bog‘ladik, va shu tariqa to‘laqonli tugunga ega bo‘ldik”, — dedi tadqiqot guruhi vakili Devid Li.
Birinchi libos va matolar paydo bo‘lganidan buyon odamlar bir-biriga chigal tugilgan iplar bittalik tolalar birlashmasidan anchayin baquvvat bo‘lishini tushungan. Kimyogarlar bugun bittalik molekulalarni yoki uglerodli nanotrubkalarni o‘zaro tugib, oddiy iplarni tukkanda olinadigan samaraga erishishga urinib keladi.
Izoh (0)