Venesuela oliy sudi muxolif Milliy assambleya nazorati ostidagi parlamentning amaldagi prezident Nikolas Maduro mansabini tark etgani haqidagi qarorini arzimas xatti-harakat deb topdi. Qaror 11-yanvar kuni e’lon qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Bir muddat ilgari mamlakat parlamenti Maduroni o‘z mansabini tark etgan deb e’lon qilgan edi. El Nacional qayd etishicha, deputatlar konstitutsiyaning 233-moddasi doirasida harakat qilgan, u, xususan, prezident o‘z lavozimida yo‘q deb topilsa, davlat rahbarligiga yangi saylovlar belgilanishini ko‘zda tutadi.
Shunga qaramay, mamlakat oliy sudi parlamentning ushbu qarorini tan olishdan bosh tortmoqda. Uning fikricha, parlament ijro hokimiyatiga behurmatlik qilgani va faoliyatining qonunchilikda belgilangan tartiblarini buzgani uchun uning majlislari qonuniy kuchga ega emas.
Izoh (0)