Kolumbiyaning Meta provinsiyasida osma yog‘och ko‘prik qulashi oqibatida 11 kishi, jumladan, 3 nafar bola halok bo‘ldi. Yana 14 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “RBK”.
El Tiempo nashriga ko‘ra, hodisa 9-yanvar, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 11:00 da ro‘y berdi. El-Karmen qishlog‘idagi Buenavista qo‘riqxonasida joylashgan ko‘prikda bu payt 30 nafar atrofida odam bo‘lgan.
Ko‘prik balandligi 60 metr bo‘lgani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)