Birlashgan Germaniyaning birinchi prezidenti Roman Xersog 82 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, Deutsche Welle radiosiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
1970-yili Germaniya xristian-demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan Xersog oradan uch yil o‘tib, siyosat bilan faol shug‘ullana boshlagan.
U 1994–1999-yillarda prezidentlik lavozimida o‘tirgan. Bunga qadar esa 1987-yildan boshlab konstitutsion sudga boshchilik qilgan.
Izoh (0)