Kot-d’Ivuar bosh vaziri Daniyel Kablan Dunkan iste’fo bergani va hukumatni tarqatib yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Men prezident Alassan Uattara bilan uchrashuvdan so‘ng iste’fo berdim va hukumatni tarqatib yubordim”, — dedi hukumat rahbari.
2016-yil 30-oktabridagi referendumda qabul qilingan yangi konstitutsiya parlamentning yuqori palatasi tashkil etilishiga olib keldi. 18-dekabrdagi saylovda ko‘pchilik o‘rinlar “Ufuetistlarning demokratiya va tinchlik yo‘lidagi birlashmasi” alyansiga nasib etdi. Koalitsiyaga “Respublikachilar birlashmasi”, Demokratik partiya va bir qancha kichik partiya kirdi.
Shuningdek, referendumga binoan, vitse-prezident lavozimi joriy etiladi. Vitse-prezident davlat rahbari kasalligida, u vafot etsa yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilsa, vaqtinchalik mamlakatni boshqarib turadi. Keyingi saylovdan boshlab vitse-prezident prezident bilan birga saylanadigan bo‘ladi.
Shu kabi siyosiy o‘zgarishlar bosh vazir va uning partiyasiga ma’qul tushmagani bois hukumat tarqatib yuborildi.
Izoh (0)