Parranda grippi boshlanganidan so‘ng Janubiy Koreya do‘konlarida tovuq tuxumi narxi 20 foizga ko‘tarilib ketdi. Tovuq go‘shti narxi esa 8–10 foizga arzonlashib ketdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mamlakat hukumati parranda grippi tufayli birinchi marta xavfning eng yuqori darajasini e’lon qildi.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, koreyaliklar oxirgi haftalar mobaynida narx ko‘tarilishi tufayli tuxum iste’molini keskin qisqartirishga majbur bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, tuxum taqchilligi yanvar oyining oxirida o‘tadigan Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlashga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini bermaydi.
Izoh (0)