Janubiy Koreya mustaqil tergov qo‘mitasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Chxve Sun Silga nisbatan yangi ayblovlarni ilgari surdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tergovchilar Chxve Sun Sil sportni targ‘ib qilish bahonasida ko‘pgina mahalliy kompaniyalarni o‘zi yaratgan nohukumat fondlarga xayriya mablag‘lari kiritishga majbur qilganini aytmoqda. Bu mablag‘larning katta qismini uning o‘zi o‘zlashtirgani taxmin qilinmoqda.
Tergovchilarning bildirishicha, Pak Kin Xe kamida dugonasining qilg‘iliqlaridan boxabar bo‘lgan.
Izoh (0)