Hindistonda 9-yanvar, dushanba kuni ertalab jangarilar hujumi tufayli muhandislik qo‘shinlari umumiy zaxirasiga mansub 3 xodim o‘ldirildi. Bu haqda Hindustan Times manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muhandislik qo‘shinlari lageriga hujum Jammu va Kashmir shtatida, Pokiston bilan chegara yaqinida ro‘y berdi. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, yetib kelgan qo‘shimcha kuchlar terrorchilarni ta’qib qilmoqda.
Ma’lumot uchun, muhandislik qo‘shinlari qoshidagi Border Roads Organisation tashkiloti Hindistondagi chegara yo‘llarini quradi va ta’mirlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)