12 kishi Tailand janubiga oxirgi hafta yopirilgan shiddatli yomg‘irlar qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tabiiy ofat 700 mingdan ortiq kishini qamrab oldi, minglab qishloqlar suv ostida qolmoqda. Yomg‘irlar tufayli ko‘plab yo‘llar ta’mirtalab holga keldi, temir yo‘llarni suv bosdi. Shu sababli avtobuslar va poyezdlar harakatlanishi izdan chiqdi, aviareyslar bekor qilinmoqda.
Tailand rasmiylari aholiga yordam berish uchun armiyani jalb qildi. Meteorologlarga ko‘ra, yomg‘irlar yana bir necha kun davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)