Turkiyada Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi yuzasidan olib borilayotgan ish doirasida besh gumondor hibsga olindi. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hibsga olinganlarning to‘rt nafari elchining qotili Mart Oltintoshning xizmatdoshlaridir. Ular terrorchi guruhga a’zolikda gumon qilinmoqda.
Qo‘lga olinganlarning beshinchisi Fathulloh Gulen tashkilotiga a’zoligi aytilmoqda. Taxminga ko‘ra, jinoyatning amalga oshirilishini aynan u nazorat qilib borgan.
Izoh (0)