6-yanvar kuni Afg‘onistonning Bog‘lon viloyati Tala va Barfak tumanida noma’lum shaxslarning qurolli hujumi oqibatida 13 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat voliysi Fayz Muhammad Amiriyning so‘zlariga qaraganda, voqea tumanning Anordara qishlog‘ida ro‘y berdi. Qurolli shaxslar qishloqda istiqomat qiluvchi 13 kishini to‘plab, otib tashladi.
Rasmiylar ushbu hujum ortida “Tolibon” radikal harakati turganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)