Yaponiya gerontologiya jamiyati 75 yoshdan oshgan kishilarni rasman keksa deb tan olish taklifi bilan chiqdi. Hozirgi paytda keksalik ostonasi 65 yoshdan boshlanadi, deb yozadi “TASS”.
“Hozir keksa deb hisoblanadigan odamlar biologik nuqtai nazardan 5–10 yilga yoshroqdir. Yosh ishchilar soni qisqarayotgan bir sharoitda keksa deb hisoblanuvchi odamlar ongini o‘zgartirsak, bu jamiyatga ko‘mak bo‘ladi”, — tushuntirdi bu tashabbusni gerontologiya jamiyati ishchi guruhi raisi doktor Yasuyosi Outi.
Outining ishontirib aytishicha, ushbu taklif tibbiy hamjamiyatning ko‘plab vakillari bilun olib borilgan uzoq maslahatlashuvlardan so‘ng ilgari surildi. Bunday o‘zgarish 65 yoshdan katta, ammo sog‘lom insonlarga ish faoliyatini davom ettirish yoki ko‘ngilli sifatida faoliyat yuritish imkonini beradi.
Izoh (0)