2-yanvar kuni Janubiy Afrika Respublikasida ko‘p yillik an’anaga ko‘ra, “ikkinchi Yangi yil” yoki Tweede Nuwe Jaar nishonlanadi. Bayram 19-asrda qullik davrlarida paydo bo‘lgan, biroq qullik bekor qilingandan keyin ham u Keyptaunning eng asosiy bayramlaridan biriga aylangan. 2017-yilda ham an’anaga ko‘ra o‘tkazilgan karnavalning suratlarini TJournal taqdim etdi.
Qullik tuzumi avj olgan davrda JARda Hindiston, Afrika va madagaskarlik o‘n minglab qullar yashagan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, 2-yanvar kuni qullarning yagona dam olish kuni hisoblangan va qullar shu kuni “ranglilar karnavali”ni o‘tkazgan.
Dastlab qora tanlilarga taqlid qilib, yuzlariga kuydirilgan po‘kak surib olgan artistlar ushbu bayramni masxara qilgan. O‘shandan buyon bu an’anaga aylangan va qora tanlilar karnavalda yuzlariga oq gildan niqob surib oladi.
Politsiyaning baholashicha, 2017-yilda 13 ming artist va musiqachi Keyptaun bo‘ylab an’anaviy yo‘nalish bo‘yicha yurib o‘tgan hamda o‘z chiqishlarini stadionda hakamlar oldidagi so‘nggi qo‘shiq bilan yakunlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)