Misr sobiq prezidenti Husni Muborakni butunlay afv etish yuzasidan kiritilgan da’vo haqidagi sud ishining birinchi majlisi 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu qarorni Misr davlat kengashi huzuridagi Ma’muriy sud qabul qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Davlat kengashi raisining tushuntirishicha, da’vo Misr fuqarosi tomonidan kiritilgan bo‘lib, unda mamlakatning amaldagi rahbariyatiga sobiq prezidentni darhol va butunlay afv etish tavsiyasini yo‘llash so‘raladi.
Husni Muborak bir necha yildan beri Qohira harbiy gospitalida saqlanadi. Bu vaqt ichida uning ko‘rsatmasi bilan 2011-yilda tinch namoyish ishtirokchilariga qarshi zo‘ravonlik va kuch ishlatilgani haqidagi ish ko‘plab sud instansiyalarida ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Husni Muborak davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib, mamlakat chetiga olib chiqib ketishga ayblanmoqda.
Izoh (0)