Rossiyalik kosmonavt Igor Volk 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Moskva viloyatining Jukovskiy shaharchasi ma’muriyatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
U 3-yanvar kuni olamdan o‘tdi. Shu munosabat bilan u istiqomat qilib kelgan shahar ma’muriyati Igor Volkning yaqinlari va qarindoshlari samimiy ta’ziya izhor qildi.
Igor Volk 1985-yil 10-noyabrda “Buran” kosmik kemasining atmosferasi muqobili — BTS-002 ni fazoga osmonga olib chiqib, sinovlarini o‘tkazgani bilan mashhur. Bundan tashqari, u Su-27 va Su-27UB samolyotlarini sinovdan o‘tkazgan, MiG-21, MiG-23, MiG-25, MiG-29 jangovar samolyotlarida qator murakkab sinov amaliyotlarini bajargan.
Izoh (0)