Rossiyaning Kaliningrad shahri aeroportida layner uchish-qo‘nish tasmasidan chiqib ketgani yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
3-yanvar kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Airbus A-320 samolyoti Kaliningradning “Xrabrovo” aeroporti uchish-qo‘nish tasmasidan 5 metr chetga chiqib ketdi. Buning natijasida shassi old tirgagi sinib ketdi. Yo‘lovchilar bortni puflama favqulodda traplar orqali tark etdi.
Shu munosabat bilan tergov organlari ish qo‘zg‘atdi. Xabar qilinishicha, ayni paytda yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, aeroport personali, parvoz xavfsizligi sohasi mutaxassislari so‘roq qilinmoqda, tibbiy yordam ko‘rsatilgan yo‘lovchilarning tibbiy hujjatlari ko‘zdan kechirilmoqda, sud-tibbiyot ekspertizasi belgilanishi kutilmoqda.
Izoh (0)