AQShning Texas shtatidagi Amarillo shahrida 7–17 yosh orasidagi to‘rt nafar bola fosfin bilan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi. Yana besh kishiga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Amarillo o‘t o‘chirish departamenti vakilining so‘zlariga qaraganda, fojiaga kemper ostiga sepilgan pestitsid sabab bo‘ldi. Jabrlanuvchilar shu kemper ostida yashagan bo‘lib, ular kemiruvchilar va zararkunandalarga qarshi pestitsidlar sepgan edi.
Keyinchalik bolalar pestitsidni yuvib tashlashga harakat qildi, lekin uning tarkibidagi fosfid suv bilan reaksiyaga kirishib, o‘ta zaharli fosfin gazi ajralib chiqdi.
Izoh (0)