Bortida AQSh ma’muriyati tomonidan chiqarib yuborilgan Rossiya diplomatlari bo‘lgan samolyot Vashingtondan uchib ketdi. Bu haqda 1-yanvar, yakshanba kuni Rossiya elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent”.
“Samolyot parvoz qildi, chiqarib yuborilganlarning hammasi uchib ketdi”, — ta’kidladi matbuot xizmati.
AQSh 29-dekabr kuni Rossiyaning 35 nafar diplomatiga mamlakatni tark etish uchun 72 soat vaqt berdi. Mazkur chora Moskvaning AQSh prezidenti saylovlariga aralashuviga javob sifatida qo‘llanildi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuborilmasligini ma’lum qildi.