Iroq harbiylari Mosulda ikkita yangi front ochib, IShID jangarilarini bir qancha yangi kvartallarga siqib chiqardi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi koalitsiya bayonotida aytildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, IShIDning oxirgi yirik tayanch nuqtasi bo‘lmish Mosulga hujumning ikkinchi bosqichi boshlandi. Uning davomida Iroq armiyasi uch yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishib, ikkita yangi front ochdi.
Oxirgi hujumlar jangarilar guruhlarining birlashishiga va ta’minotiga jiddiy zarba bermoqda, deb ta’kidlanadi bayonotda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)