AQSh qirg‘oq qorovuli parvoz chog‘ida radarlardan g‘oyib bo‘lgan ikki motorli Cessna 525 CitationJet samolyoti qidiruvlarini boshlab yubordi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Samolyot bortida olti kishi bor edi.
Yengil samolyot Klivlend shahridagi (Ogayo shtati) Berk Leykfront aeroportidan uchib chiqqan, bir muddatdan so‘ng uning dispetcherlar bilan aloqasi uzilib qolgan.
Qirg‘oq qorovuli aeroport yaqinidagi Eri ko‘lida tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
Samolyot halokatga uchraganining belgilari hozircha aniqlanmadi.
Izoh (0)