O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. 29-dekabr kuni imzolangan hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur farmoyish “fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017-yil nishonlanishi munosabati bilan” qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksiga muvofiq, 1-yanvar O‘zbekistonda bayram (ishlanmaydigan) kun hisoblanadi. 2017-yilning 1-yanvari haftaning umumiy dam olish kuni — yakshanbaga to‘g‘ri kelayotgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)